IL.uz · Yangilangan: 27.10.2026 · Versiya 1.0

Cookie siyosati

Platformada faqat ishlash uchun zarur cookie-fayllar ishlatiladi; analitika va reklama cookie-fayllari yoʻq.

Mundarija

1. Cookie nima

Cookie — saytga kirganingizda brauzeringizda saqlanadigan kichik matn fayli. U saytga keyingi murojaatingizda sizni tanib olish uchun kerak (masalan, tizimga kirganingizni eslab qolish uchun). Shunga oʻxshash maqsadda brauzerning localStorage xotirasi ham ishlatiladi.

2. Biz ishlatadigan cookie-fayllar

IL.uz faqat Platforma ishlashi uchun zarur boʻlgan cookie-fayllarni ishlatadi. Ular uchun alohida rozilik talab qilinmaydi, chunki ularsiz tizimga kirish va xavfsizlik ishlamaydi.

NomiVazifasiMuddati
sb-…-auth-token (va uning qismlari)Tizimga kirgan sessiyangiz (Supabase Auth); usiz kabinet ochilmaydiSessiya davomida; faollik bilan yangilanadi
sb-…-auth-token-code-verifierGoogle orqali kirishda xavfsiz almashinuv (PKCE)Bir necha daqiqa
iluz_idleXodimlar panelida 30 daqiqa harakatsizlikdan soʻng avtomatik chiqish1 kun
iluz_employer_langIsh beruvchi portalida tanlangan til (KO / EN)1 yil
iluz_ccCookie xabarnomasini koʻrganingiz va tanlovingiz1 yil

3. Brauzer xotirasi (localStorage)

KalitVazifasi
iluz.guide.v3.offAriza boʻlimlari yoʻriqnomasini avtomatik koʻrsatmaslik tanlovini eslab qoladi
iluz_idle_last, iluz_idle_outXodimlar panelida ochiq oynalar oʻrtasida faollik vaqtini moslashtiradi

Bu yozuvlar faqat sizning brauzeringizda saqlanadi va serverga yuborilmaydi.

4. Analitika va marketing

Platformada analitika, reklama yoki ijtimoiy tarmoq kuzatuv cookie-fayllari yoʻq. Agar kelajakda bunday vositalar qoʻshilsa, ular faqat sizning aniq roziligingizdan soʻng, «Cookie sozlamalari» orqali yoqiladi.

5. Uchinchi tomon xizmatlari

  • Google orqali kirish: Google oʻz sahifalarida oʻz cookie-fayllarini oʻrnatadi (Google maxfiylik siyosati amal qiladi).
  • Toʻlov tizimlari (Payme, Click): toʻlov ularning sahifasida amalga oshiriladi va ularning cookie siyosati qoʻllanadi.
  • Telegram: xabarnomalar Telegram ilovasida keladi; bizning sahifalarimizda Telegram cookie-fayllari yoʻq.

6. Boshqarish

  • Sahifa pastidagi «Cookie sozlamalari» orqali tanlovingizni koʻrishingiz va oʻzgartirishingiz mumkin.
  • Brauzer sozlamalarida cookie-fayllarni oʻchirish yoki bloklash mumkin; zarur cookie-fayllar bloklansa, tizimga kirib boʻlmaydi.
  • Tizimdan chiqqaningizda sessiya cookie-fayllari oʻchiriladi.

7. Oʻzgarishlar va aloqa

Cookie roʻyxati oʻzgarganda ushbu sahifa yangilanadi. Savollar: info@smasystema.com.

Hujjat oʻzbek va ingliz tillarida mavjud; tafovut boʻlsa, oʻzbekcha matn ustun turadi. English →

Cookie siyosati · IL.uz